Bir donasi 4000 dollar: Bu go‘shtning narxiga shahardan ikki uy olsa bo‘ladi

Dunyoda turli xil qimmatbaho taomlar mavjud, ammo ayrim go‘sht turlarining narxi hatto ko‘pchilikni hayratga solishi mumkin. Qizig‘i shundaki, ro‘yxatdagi birinchi o‘rin qiymatiga shahar markazidan bir nechta uy xarid qilish mumkin.
5-o‘rinda Yaponiyaning mashhur Wagyu Beef go‘shti joy olgan. U dunyodagi eng qimmat go‘sht turlaridan biri sanaladi. Ushbu mahsulotning 1 kilogrammi odatda 200 dollardan 600 dollargacha baholanadi.

4-o‘rindan esa Kobe Beef o‘rin olgan. Bu oddiy Wagyu emas, balki uning eng nufuzli navlaridan biri hisoblanadi. Mazkur go‘shtning narxi 1 kilogramm uchun taxminan 1000 dollargacha yetadi.

3-o‘rinda Matsusaka Beef qayd etilgan. U ham Yaponiyaning eng yuqori sifatli Wagyu navlaridan biri sifatida tanilgan. Uning bahosi ayrim holatlarda 1 kilogramm uchun 1000 dollardan ham oshib ketadi.

2-o‘rinni Ispaniyaning mashhur Iberico Ham mahsuloti egallagan. Bu oddiy quritilgan go‘sht emas. Uning bir dona butun sonining narxi 4000 dollargacha chiqishi mumkin.

Ro‘yxatning 1-o‘rinidan esa Bluefin Tuna o‘rin olgan.

Bu mol go‘shti emas, balki dunyodagi eng qimmat go‘sht mahsulotlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, Tokiodagi auksionlarda Bluefin Tuna uchun rekord darajada mablag‘lar taklif qilingan bo‘lib, ayrim holatlarda uning narxi 1 million dollargacha yetgan. Shu sababli u dunyodagi eng qimmat go‘sht mahsulotlaridan biri sifatida tilga olinadi.





























Izohlar 0
…