Hindistondagi kuchli yomg‘irlar va sel oqimida bo‘g‘ma ilon suzib kelib aholini qo‘rqitib yubordi

Hindistonda kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan sel oqimida bo‘g‘ma ilon ham oqib ketdi. Hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida muhokamaga sabab bo‘ldi.
Kadrlarda ilon kuchli oqim ichida suzib borayotganini ko‘rish mumkin. Suv sathi ko‘tarilgani sabab jonivor aholi yashaydigan hududlarga yaqinlashib qolishi mumkinligi mahalliy odamlarni xavotirga solgan.
Ilonning qayerdan oqib kelgani va keyinchalik qayerga borib qolgani ma’lum emas. U qutqarilgani yoki suvdan mustaqil ravishda chiqib ketgani haqida ham hozircha axborot berilmagan.
Videoni ko‘rganlar sel paytida nafaqat suv oqimi, balki u bilan birga keladigan yovvoyi hayvonlar ham xavf tug‘dirishi mumkinligini yozmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…