Dubay hukumati ayollar uchun “avlodlar bunyodkori” atamasini rasman tasdiqladi

Dubay hukumati ayollar uchun “avlodlar bunyodkori” atamasini rasman tasdiqladi

Dubay hukumati "uy bekasi" atamasini rasman "avlodlar bunyodkori" nomi bilan almashtirdi. Bu tashabbus farzand tarbiyasi, oiladagi kundalik mehnat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan onalarning o‘rnini munosib baholash maqsadida qabul qilindi.

Yangi maqom endi Amirliklar shaxsiy guvohnomasi, tibbiy ma’lumotlar va ta’limga oid hujjatlarda ham qo‘llanishi aytilmoqda. Shu tariqa uyda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ayollarning mehnati rasmiy hujjatlarda ham alohida e’tirof etiladi.

Bundan tashqari, "avlodlar bunyodkori" maqomiga ega ayollar uchun maxsus moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu choralar onalarning oila va jamiyatdagi mehnatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar