Hindistonda harbiy samolyot qo‘nish vaqtida bir necha bo‘lakka parchalandi

Hindistonda harbiy samolyot qo‘nish vaqtida bir necha bo‘lakka parchalandi

Hindistonning shimoli-sharqiy hududida An-32 rusumli harbiy-transport samolyoti qo‘nish vaqtida halokatga uchradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ekipajning 5 nafar a’zosi halok bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchi esa tirik qolgan.

Mahalliy OAV tarqatgan kadrlarda samolyot yerga qattiq urilgani va bir necha bo‘lakka parchalangani aks etgan.

Hodisa joyida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda. Hindiston Harbiy-havo kuchlari halokat sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar