Isroil G‘azodagi masjidlarga havo hujumlarini davom ettirmoqda

Isroil G‘azodagi masjidlarga havo hujumlarini davom ettirmoqda

Isroil harbiylari G‘azo sektoriga navbatdagi havo zarbalarini amalga oshirdi. Mahalliy manbalarning xabar berishicha, hujumlar oqibatida kamida bir nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 12 nafardan ortiq kishi turli darajada jarohat olgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi zarbalar natijasida G‘azo shahrida joylashgan Al-Muttaqin masjidi vayron bo‘lgan. Shuningdek, ko‘chirilgan falastinliklar vaqtincha boshpana sifatida foydalanayotgan chodirlar ham jiddiy zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, 23–24 iyul kunlari ham Isroil tomonidan G‘azoning markaziy qismidagi Al-Nur masjidiga havo hujumi uyushtirilgan va ibodat maskani vayron qilingan edi.

Hududdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirayotgan bo‘lsa, xalqaro hamjamiyat tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazilayotganidan xavotir bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar