Xonanda Azoda Istanbulda operatsiya qilindi: xonandaning so‘zlari muxlislarini xavotirga solib qo‘ydi!

Xonanda Azoda operatsiya o‘tkazish uchun Istanbulga yo‘l oldi. U safar oldidan ijtimoiy tarmoqda video joylab, qiyinchiliklarga qaramay yaxshilikka ishonishini bildirdi.
"Yig‘lamayman, yig‘lay olmayman, chunki har bir qiyinchilikdan so‘ng albatta yaxshilik kelishiga chin dildan ishonaman", deb yozdi xonanda.
Keyinroq uning sahifasida Azoda operatsiyadan sog‘-omon chiqqanini bildiruvchi xabar paydo bo‘ldi. Unda xonanda uchun duo qilgan barchaga minnatdorlik bildirilgan va endi tahlil natijalari kutilayotgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, Azodaning turmush o‘rtog‘i Istanbulda uning yonida ekani va muxlislarga xavotir olmaslik aytilgan. Xonandaning kuzatuvchilari izohlarda unga tezroq sog‘ayish va mustahkam sog‘liq tilamoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…