Bir lahzalik xato: Braziliyadagi dahshatli fojia

Bir lahzalik xato: Braziliyadagi dahshatli fojia

21 yoshli qiz San-Paulu shtatining Limeyra shahrida rope-jump (bungee jumpga o‘xshash ekstremal attraksion) paytida halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilotchilar uni xavfsizlik arqoniga ulashni unutib qo‘ygan va qiz taxminan 40 metr balandlikdan hech qanday himoyasiz pastga qulagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qizning sakrashga tayyorlanayotgani, biroq xavfsizlik arqoni yerda qolib ketgani aks etgan. Guvohlar xatoni u tashlab yuborilganidan keyingina payqashgan.

Hodisa yuzasidan tergov boshlandi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, voqea joyida bo‘lgan bir necha shaxs so‘roq qilingan, ayrimlari esa vaqtincha qo‘lga olingan.

Bir necha soniyalik e’tiborsizlik yosh insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu holat ekstremal sport turlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish naqadar muhimligini yana bir bor eslatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar