Yashirin flotga zarba: Britaniya Rossiya tankerini qo‘lga oldi

Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Rossiya “yashirin floti”ga mansub bo‘lgan tankerni qo‘lga oldi. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida bo‘lgan ushbu kema La-Mansh bo‘g‘ozi orqali o‘tishga uringanida to‘xtatilgan.
Qirollik floti kuchlari ishtirokida tankerni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot olti soat davom etgan. 14 iyun kuni tongida Buyuk Britaniya harbiylari, jumladan, Qirollik dengiz piyodalari kommandos bo‘linmasi Kamerun bayrog‘i ostida suzayotgan “Smirtos” tankeri bortiga ko‘tarilgan.
Mamlakat bosh vaziri Kir Starmer “muvaffaqiyatli kechgan bu amaliyot Rossiya uchun yana bir zarba bo‘lgani”ni ta’kidlagan.
U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilari tomonidan olingan kadrlarni namoyish etgan.
Hozirda tanker Angliya janubiy sohiliga olib borilgan va tekshiruvlar davomida o‘sha yerda qoladi.





























Izohlar 0
…