Tajribali alpinist Ueli Stek Everestga ko‘tarilish chog‘ida halok bo‘ldi

Sayyoramizdagi eng yuqori tog‘ cho‘qqilarini zabt etishi bilan tanilgan shveytsariyalik 40 yoshli alpinist Ueli Stek yakshanba kuni Everest tog‘i cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan paytida halok bo‘ldi. Bu haqida Nepal Alpinizm federatsiyasi ma’lumotiga asoslanib, Kun nashri xabar berdi.
"Bugun ertalab alpinist Nupse cho‘qqisidan qulab, halok bo‘lgan. Uning oyog‘i toyib ketgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda", - dedi Nepal Alpinizm federatsiyasi rahbari Ang Sering Shepra.
Everest - sayyoramizning eng yuqori cho‘qqisi. Uni zabt etish chog‘ida umumiy hisobda 280 kishi halok bo‘lgan. Yuqori nuqtalarda halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish borasida qiyinchiliklar bo‘lgani bois ba’zilarning jasadi o‘sha yerlarda qolib ketadi.

Izohlar 0
…