“Taksi” filmi atigi 30 kunda yozilganini bilasizmi?

“Taksi” filmi atigi 30 kunda yozilganini bilasizmi?

Mashhur filmlarning ayrimlari uzoq yillar davomida yaratiladi. Ammo 1998 yilda ekranlarga chiqqan fransuz filmi “Taksi” ssenariysi bor-yo‘g‘i 30 kun ichida yozilgani bilan ham qiziq.

Jerar Pires rejissyorligidagi film ssenariysini Lyuk Besson yozgan. Komediya va jangovar ruhdagi kartina Marsel ko‘chalarida yuqori tezlikda harakatlanadigan taksi haydovchisi Daniel hamda omadsiz politsiyachi Emiliyenning kutilmagan hamkorligi haqida hikoya qiladi.

Filmning eng e’tiborli jihatlaridan biri — tezkor sahnalar. Suratga olish jarayonida kaskadyorlar avtomobillarni soatiga 190 kilometrgacha bo‘lgan tezlikda boshqargan.

Bosh rolni ijro etgan Sami Naseri keyinchalik real hayotidagi muammolari, jumladan, yo‘l harakati qoidalarini buzishi va politsiya bilan bog‘liq mojaro sabab sudlangan. Danielning bo‘lajak rafiqasi rolini ijro etgan Marion Kotiyyar esa aynan “Taksi” orqali katta shuhrat qozonib, keyinchalik xalqaro miqyosda tanilgan aktrisaga aylandi va “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan “Taksi” katta muvaffaqiyatga erishdi. Uning ortidan yana to‘rtta davomi suratga olinib, film fransuz kinosining mashhur loyihalaridan biriga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar