O‘zini ot deb hisoblaydigan xonanda millionlab odamlarni hayratga solmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Horsegirl laqabi ostida ijod qiluvchi Germaniyada tug‘ilgan xonanda deyarli barcha chiqishlari va intervyularida ot niqobida ko‘rinish berib, millionlab odamlarni hayratda qoldirmoqda. Haqiqiy qiyofasini jamoatchilikka deyarli ko‘rsatmaydigan artist nega aynan ot obrazini tanlagani haqida aniq izoh bermagan, biroq hazilomuz tarzda o‘zini "Sun Shine" nomli fermada ot bo‘lib tug‘ilganini aytgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga xos obrazi bilan mashhurlikka erishgan Horsegirl laqabi ostida ijod qiluvchi xonanda yana muhokamalar markaziga aylandi. Uning eng g‘alati jihati shundaki, artist deyarli barcha chiqishlari va intervyularida ot niqobida ko‘rinish beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada tug‘ilgan xonanda o‘zining haqiqiy qiyofasini jamoatchilikka deyarli ko‘rsatmaydi. U nega aynan ot obrazini tanlagani haqida esa hanuzgacha aniq izoh bermagan.
Biroq intervyulardan birida u hazilomuz tarzda o‘zini "Sun Shine" nomli fermada ot bo‘lib tug‘ilganini aytgan. Yaqinda BBC Sounds'ga bergan suhbatida esa yanada hayratlanarli chiqish qildi. Xonanda ayrim savollarga inson tilida emas, balki otlarning kishnashiga taqlid qilgan holda javob berib, hatto "ot tilini o‘rganganman" degan da’voni ham ilgari surdi.































Izohlar 0
…