Arman Sarukyan va’dasini bajarib, Geydjiga pikap sovg‘a qildi

Arman Sarukyan va’dasini bajarib, Geydjiga pikap sovg‘a qildi

UFC jangchisi Arman Sarukyan avval bildirgan va’dasining ustidan chiqib, Jastin Geydjiga yangi pikap avtomobilini sovg‘a qildi.

Rasmda Geydji tog‘li hududda ulkan RAM pikapi oldida turganini ko‘rish mumkin. Qimmatbaho sovg‘a sportchilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va samimiy munosabatning yana bir namunasi bo‘ldi.

Avvalroq Sarukyan Geydjiga g‘alabasi uchun avtomobil sovg‘a qilishini aytgan edi. U va’dasini gapda qoldirmay, amalda bajardi.

Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Muxlislar Sarukyanning bu harakatini mardlik va so‘zida turish namunasi sifatida baholamoqda.

Jastin Geydji esa yangi avtomobili bilan tushgan suratini namoyish etib, sovg‘adan mamnun ekanini ko‘rsatdi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar