Qozog‘istonda do‘kon xodimasidan ruscha gapirishni talab qilgan ayol jarimaga tortildi

Olmaota shahridagi Small supermarketida do‘kon xodimasidan rus tilida gapirishni talab qilgan rossiyalik fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Kassalardagi uzun navbatdan norozi bo‘lgan xaridorga xodimaning qozoq tilida javob berishi mojaro keltirib chiqardi. Rossiyalik ayol xodimadan rus tilida gapirishni talab qilib, vaziyatni mobil telefon kamerasiga tasvirga olgan va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Qozog‘istonning Olmaota shahridagi supermarketlardan birida yuz bergan til bilan bog‘liq mojaro ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Do‘kon xodimasidan rus tilida javob berishni talab qilgan rossiyalik fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Small supermarketida sodir bo‘lgan. Xaridor ayol kassalardagi uzun navbatdan norozi bo‘lib, ma’muriyatdan izoh so‘ragan. Do‘kon xodimasi esa tez orada qo‘shimcha kassa ishga tushirilishini qozoq tilida tushuntirgan.
Biroq mazkur javob rossiyalik ayolni qoniqtirmagan. U xodimadan rus tilida gapirishni talab qilib, vaziyatni mobil telefon kamerasiga tasvirga olgan. Shunga qaramay, supermarket xodimasi vazminlikni saqlagan holda muloqotni davlat tilida davom ettirgan.
Keyinchalik ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilik e’tiborini tortdi. Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganib chiqildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Galina Liss ismli rossiyalik ayolga jamoat joyida mojaro keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari uchun 86,5 ming tenge miqdorida ma’muriy jarima tayinlangan.






























Izohlar 0
…