Olimlar allergiya chaqirmaydigan itlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi

AQSH olimlari odamlarda allergik reaksiyani kamaytirishga qaratilgan genetik o'zgartirilgan bigl zotli itlarni yaratdi. Kindred Companion Sciences kompaniyasi itlarda allergiyaning asosiy sabablaridan biri bo'lgan Can f 1 oqsilini ishlab chiqarishga mas'ul genni tahrirlagan. Kompaniya rahbari Mett Uoker bir yildan ortiq vaqt davomida shunday itlardan biri bilan yashab, allergik alomatlarni sezmaganini aytdi.
AQSH olimlari odamlarda allergik reaksiyani kamaytirishga qaratilgan genetik o‘zgartirilgan bigl zotli itlarni yaratganini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kindred Companion Sciences kompaniyasi mutaxassislari itlarda allergiyaning asosiy sabablaridan biri hisoblangan Can f 1 oqsilini ishlab chiqarishga mas’ul genni tahrirlagan. Kompaniya rahbari Mett Uokerning aytishicha, u bir yildan ortiq vaqt davomida shunday itlardan biri bilan yashab kelmoqda va shu vaqt ichida unda allergik alomatlar kuzatilmagan.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar ushbu itlarni hozircha to‘liq gipoallergen deb atashga shoshilmayapti. Sababi ayrim insonlarda itlarning boshqa oqsillariga nisbatan ham allergik reaksiya yuzaga kelishi mumkin. Olimlar genetik o‘zgartirilgan bigllarning salomatligi va rivojlanishini uzoq muddat davomida muntazam kuzatib borishni rejalashtirgan.






























Izohlar 0
…