Namanganlik ayolning birgina maktubi tayvanlik sayyohni ta’sirlantirdi

Namanganlik ayolning birgina maktubi tayvanlik sayyohni ta’sirlantirdi
Qisqacha

Namanganda 15 kunlik xizmat safari bilan bo'lgan tayvanlik tadbirkorni xonalarni tozalovchi ayolning maktubi chuqur ta'sirlantirdi. U har kuni xonasini yig'ishtirgan ayolga 1 dollar choychaqa qoldirgan, pulga hech kim tegmagach esa yana 1 dollar qo'shib, "Bu siz uchun" degan yozuvni qoldirgan. Ayol maktubida farzandi saraton kasalligiga chalinganini va 2 dollar evaziga bolasi uchun meva sotib olishini yozgan.

Tayvanlik tadbirkorning O‘zbekistonga qilgan safari davomida yuz bergan ta’sirli voqea Reddit platformasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. U 15 kunlik xizmat safari bilan Namanganga kelib, mehmonxonada istiqomat qilgan.

Tadbirkor har kuni xonasini yig‘ishtirib yuradigan ayol uchun odatdagidek 1 dollar choychaqa qoldirgan. Biroq pulga hech kim tegmagan. Shundan so‘ng u yana 1 dollar qo‘shib, yoniga “Bu siz uchun” degan yozuvni qoldiradi.

Ertasi kuni esa uni samimiy maktub kutib turgan. Xonalarni tozalovchi ayol farzandi saraton kasalligiga chalinganini, qoldirilgan 2 dollar evaziga esa bolasi uchun meva sotib olishini yozgan. Ushbu so‘zlar tayvanlik mehmonni chuqur ta’sirlantirgan.

Uning ta’kidlashicha, o‘zi uchun oddiy hisoblangan kichik choychaqa ham ayrim insonlar hayotida katta ahamiyat kasb etishi mumkinligini aynan shu voqeadan keyin anglagan. Mehmonxonani tark etayotganida esa u minnatdorlik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida ayol uchun yana 20 dollar qoldirib ketgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar