Rossiyada firibgarlarga ishongan ayol o‘z uyiga o‘t qo‘yib yubordi

Rossiyada firibgarlarga ishongan ayol o‘z uyiga o‘t qo‘yib yubordi
Qisqacha

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida yashovchi ayol firibgarlarning aldoviga uchib, o‘z kvartirasiga o‘t qo‘yib yubordi. Jinoyatchilar unga katta miqdorda sug‘urta puli olishi mumkinligini aytib ishontirgan va uyini yoqishni buyurgan. Jabrlanuvchi avval ularga 40 ming rubl o‘tkazgan hamda yong‘in vaqtida ham telefon orqali ular bilan muloqotda bo‘lgan. Xonani tutun qoplagach tashqariga chiqqan ayolning bu harakati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida ayol firibgarlarning aldoviga uchib, o‘z kvartirasiga o‘t qo‘ydi.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar unga katta miqdorda sug‘urta puli olishi mumkinligini aytib ishontirgan. Ayol avval ularga 40 ming rubl o‘tkazgan, keyin esa ularning ko‘rsatmasi bilan uyini yoqib yuborgan.

Yong‘in vaqtida firibgar telefon orqali ayolning harakatlarini boshqarib turgan. Xonani tutun qoplagach, ayol tashqariga chiqqan.

Qutqaruvchilar yong‘inni tezda bartaraf etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar