Xitoyda kelinlar uchun ko‘z yoshini artadigan maxsus vosita yaratildi

Xitoyda to‘y kuni yig‘lab yuboradigan kelinlar uchun ko‘z yoshini pardozga zarar yetkazmasdan artishga mo‘ljallangan maxsus uzun paxtali cho‘p yaratildi. Moslama ko‘z yoshini tezda shimib olib, uning yuz bo‘ylab oqishi va pardozni buzishining oldini oladi. Ushbu noodatiy yechim ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish uyg‘otib, foydalanuvchilar orasida hazil-mutoyibalarga sabab bo‘lmoqda.
Xitoyda to‘y kuni yig‘lab yuboradigan kelinlar uchun noodatiy vosita o‘ylab topildi. Maxsus uzun paxtali cho‘pchalar yordamida kelinlarning ko‘z yoshlarini pardozga zarar yetkazmasdan artish mumkin.
Ushbu moslama ko‘z yoshini tezda shimib oladi va uning yuz bo‘ylab oqib, pardozni buzishining oldini oladi. Ayniqsa, to‘y marosimida hissiyotga berilib yig‘lab yuboradigan kelinlar uchun bu vosita juda qo‘l kelishi mumkin.
Mazkur noodatiy yechim ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otib, foydalanuvchilar orasida turli hazil-mutoyibalarga sabab bo‘lmoqda.































Izohlar 0
…