Ozodbek Nazarbekov: "Qo‘shiqlarimni aytaver, xohlasang klip ham chiqar" (video)

6 avgust kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov fuqarolar qabuli chog'ida 13 nafar fuqaroning murojaat, taklif va tashabbuslarini tingladi. U yosh xonandaga o'z qo'shiqlarini Instagram sahifasida ijro etishi, aranjirovka qilishi va hatto klip chiqarishi mumkinligini aytdi. Vazir, xususan, “Ketma-ketma” qo'shig'ini ham istagan joyida kuylashga ruxsat berdi. Иара?
6 avgust kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov fuqarolar qabuli doirasida 13 nafar fuqaroning murojaat, taklif va tashabbuslarini tingladi.
Qabul davomida yosh xonandalardan biri vazirdan uning qo‘shiqlarini bemalol Instagram sahifasida ijro etish mumkinmi, deb so‘radi. Ozodbek Nazarbekov esa ijodkorni qo‘llab-quvvatlab, qo‘shiqlarini aytishiga qarshi emasligini bildirdi.
“Qo‘shiqlarimni aytaver, hammasini aytaver. Bosaver”, — deya javob berdi vazir.
Shundan so‘ng yosh ijodkor Ozodbek Nazarbekovning konsertlaridan birida yangragan “Ketma-ketma” qo‘shig‘ini ham juda yoqtirishini aytdi. Vazir esa bu qo‘shiqni ham istagan joyida ijro etishi mumkinligini ta’kidladi.
Yosh xonanda hatto qo‘shiqqa aranjirovka qilish mumkinmi, deb yana bir bor so‘radi. “Bo‘ladi, klip ham chiqarsang bo‘ladi”, — deya javob berdi Ozodbek Nazarbekov.
Vazirning yosh ijodkorni qo‘llab-quvvatlagani ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olindi. Kuzatuvchilar barcha taniqli xonandalar o‘z ijodini yosh avlod bilan baham ko‘rishdan cho‘chimaydigan, saxiy va qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lishi kerakligini ta’kidlashdi.






























Izohlar 0
…