Yakkasaroyda inson hayotini qutqargan xodimlar taqdirlandi

6 avgust kuni Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida inson hayotini qutqargan xodimlar taqdirlandi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB boshlig'i Ravshan Sultonxo'jayev ishtirok etib, jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ishlar muhokama qilindi.
6 avgust kuni Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida saf yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida inson hayotini qutqarishda jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan xodimlar alohida e’tirof etildi. Ularga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev va Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan tashakkurnomalar, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Marosimda inson hayotini asrab qolish eng oliy qadriyat ekani ta’kidlandi. Xodimlarning mas’uliyati, jasorati va o‘z vazifasiga sadoqati jamiyat uchun namuna sifatida tilga olindi.































Izohlar 0
…