Rayhon Ulasenovaning o‘g‘li to‘yida kelin-kuyovning raqsi e’tibor markazida bo‘ldi (video)

Rayhon Ulasenovaning o'g'li Azizbek va Azizaxonning to'yi kecha, 7 avgust kuni bo'lib o'tdi. Marosimda kelin-kuyov to'y uchun maxsus tayyorlangan raqsni ijro etib, mehmonlar olqishiga sazovor bo'ldi. Azizaxon to'y ko'ylagida raqsga tushish noqulay bo'lgani sababli sahnaga maxsus tayyorlangan qizil libosda chiqdi. Ularning chiqishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham iliq kutib olindi.
Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenovaning o‘g‘li Azizbekning to‘yi kecha, 7 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Hashamatli to‘ydan olingan qiziqarli videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, kuzatuvchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Videolardan birida Azizbek va Azizaxon to‘y uchun maxsus tayyorlangan raqsni birgalikda ijro etgani aks etgan. Juftlikning chiqishi marosimga tashrif buyurgan mehmonlarning ham e’tiborini tortib, ular tomonidan olqishlar bilan kutib olingan.
Ayniqsa, kelinning raqsi ko‘pchilikka manzur bo‘lgan. To‘y ko‘ylagida raqsga tushish biroz noqulay bo‘lgani sababli Azizaxon maxsus tayyorlangan qizil libosda sahnaga chiqib, kuyov bilan birgalikda raqs ijro etgan.
Mazkur chiqish ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham iliq kutib olindi. Izohlarda kuzatuvchilar Azizbek va Azizaxon bir-biriga juda mos ekanini, ikkalasi ham chiroyli ko‘rinishga ega ekanini ta’kidlab, ularning raqsini ham yuqori baholashdi.
To‘yda bir qator taniqli san’atkorlar ham ishtirok etib, mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.






























Izohlar 0
…