Ozodbek Nazarbekov yosh ijodkorning iltimosiga ko‘ra duet kuyladi (video)

Ozodbek Nazarbekov yosh ijodkorning iltimosiga ko‘ra duet kuyladi (video)
Qisqacha

6 avgust kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov fuqarolar qabuli chog'ida yosh ijodkorning iltimosiga binoan u bilan duet kuyladi. Vazir yosh xonandani qo'llab-quvvatlab, qo'shiqlarini istagan joyida ijro etishi va klip chiqarishi mumkinligini aytdi. Ularning birgalikdagi chiqishi qabul jarayonining qiziqarli lahzalaridan biriga aylandi va ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi.

6 avgust kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov fuqarolar qabuli doirasida 13 nafar fuqaroning murojaat, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Qabul davomida yosh ijodkorlardan biri vazirga murojaat qilib, uning qo‘shiqlarini bemalol ijro etish mumkinmi, deb so‘radi. Ozodbek Nazarbekov yosh xonandani qo‘llab-quvvatlab, qo‘shiqlarini istagan joyida kuylashi mumkinligini bildirdi.

“Qo‘shiqlarimni aytaver, klip ham chiqarsang bo‘ladi”, — deya ta’kidladi vazir.

Shundan so‘ng yosh ijodkorning iltimosiga binoan Ozodbek Nazarbekov u bilan birgalikda duet ijro etdi. Ularning birgalikdagi chiqishi qabul jarayonining eng qiziqarli lahzalaridan biriga aylandi.

Vazir va yosh xonandaning dueti ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olindi. Izohlarda foydalanuvchilar Ozodbek Nazarbekovning yosh ijodkorni qo‘llab-quvvatlaganini olqishlab, unga nisbatan ijobiy fikrlarini bildirishdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar