Sun’iy intellekt 2000 yillik kuyib ketgan qo‘lyozmani o‘qishga muvaffaq bo‘ldi

1 daqiqa o'qish10.5K
Sun’iy intellekt 2000 yillik kuyib ketgan  qo‘lyozmani o‘qishga muvaffaq bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Olimlar sun'iy intellekt yordamida qariyb ikki ming yil avval Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kuyib qolgan PHerc 1667 deb belgilangan qadimiy papirus qo'lyozmasini virtual ravishda o'qishga erishdi.
  • Qayta tiklangan matnda stoik falsafasi, inson axloqi, san'at va hayot tarziga oid fikrlar o'rin olgan bo'lib, mutaxassislar uni miloddan avvalgi II-III asrlarga mansub bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar yana bir tarixiy kashfiyotga yo‘l ochdi. Olimlar sun’iy intellekt yordamida qariyb ikki ming yil avval Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kuyib qolgan qadimiy papirus qo‘lyozmasini virtual ravishda “ochish” va undagi yozuvlarni o‘qishga erishdi.

Tadqiqotchilar PHerc 1667 deb belgilangan papirusdan avval noma’lum bo‘lgan matnni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Qayta tiklangan yozuvda stoik falsafasi, inson axloqi, san’at va hayot tarziga oid fikrlar o‘rin olgan. Mutaxassislar ushbu asar miloddan avvalgi II–III asrlarga mansub bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Qo‘lyozma qadimgi Herkulaneum shahridagi mashhur villa kutubxonasidan topilgan. Bu shahar ham Pompey kabi milodiy 79 yilda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kul ostida qolgan. Ilgarigi urinishlarda papirusni ochishning imkoni bo‘lmagan, chunki har qanday mexanik harakat uni butunlay yemirib yuborishi mumkin edi.

Yangi texnologiya esa vaziyatni o‘zgartirdi. Sun’iy intellekt rentgen tasvirlari orqali papirus tolalaridagi eng mayda o‘zgarishlarni tahlil qilib, ko‘zga ko‘rinmaydigan siyoh izlarni aniqladi. Shu orqali qo‘lyozmani ochmasdan turib, undagi matn raqamli shaklda tiklandi.

Olimlar fikricha, bu kashfiyot qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganishda yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Endi asrlar davomida “jim” yotgan yuzlab papiruslar ham zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta “so‘zlay” boshlashi ehtimoldan xoli emas.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ushbu qo‘lyozma nafaqat yangi falsafiy ma’lumotlarni ochib berdi, balki qadimgi asarlarni saqlash va o‘qishda sun’iy intellektning imkoniyatlari naqadar keng ekanini ham namoyon qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?