O‘lik hayvonlar orasida yashab kelgan ikki nafar bola topildi

AQSHning Filadelfiya shahrida o‘tkazilgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar reydi davomida ayanchli holat aniqlandi. FBR xodimlari shaharning shimoli-sharqiy qismidagi uylardan birida o‘ta og‘ir sanitariya sharoitida yashab kelayotgan ikki nafar bolani topdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tintuv vaqtida uy ichida bir nechta o‘lik mushuk va kamida bitta o‘lik itning jasadi aniqlangan. Manbalar bolalar uzoq vaqt davomida aynan shu og‘ir sharoitda yashab kelgan bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.
Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari surishtiruv boshlagan. Mutaxassislar uyda bolalarning yashash sharoiti, ularning sog‘lig‘i va parvarishi bilan bog‘liq barcha holatlarni o‘rganmoqda.
Bolalar xavfsiz joyga olib chiqilgan bo‘lib, ularga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda. Hozircha voqea yuzasidan rasmiy idoralar batafsil ma’lumot bermagan, tergov harakatlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…