Toshkentda ayolni ishtonsiz quvgan erkakka sud hukmi chiqdi

Toshkentda ayolni ishtonsiz quvgan erkakka sud hukmi chiqdi

Toshkent shahrida ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, ishtonini yechgan holda uni quvlagan 31 yoshli erkakka nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Hodisa joriy yilning 1 iyul kuni poytaxtdagi yer osti yo‘llaridan birida sodir bo‘lgan.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, 2026 yil 1 iyul kuni soat 11:00 atrofida huquqbuzar Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli ko‘chasi, 53-uy oldida joylashgan yer osti yo‘lida bo‘lgan vaqtda ayol O.B.ning yo‘lini to‘sgan. Shuningdek, u ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan hamda ishtonini yechib, uni quvlash orqali noqonuniy harakatlarni sodir etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan to‘plangan materiallar sud tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sud majlisi davomida huquqbuzar erkak o‘zining yuqorida qayd etilgan huquqbuzarlik harakatlarini sodir etganini to‘liq tan oldi. U sodir etgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanini, kelgusida bu kabi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligini bildirib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘radi.

Ish materiallarini o‘rgangan sud huquqbuzarning harakatlariga huquqiy baho berdi. Sud qaroriga muvofiq, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Yakunlovchi qarorga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi asosida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar