Temu ilovasidan buyurtma qilingan parashyut sportchining o‘limi bilan tugashiga oz qoldi

Finlandiyalik ekstremal sportchi Kasper Kumpulaynen Temu internet-do‘konidan sotib olingan arzon parashyutni sinovdan o‘tkazish uchun baland jarlikdan sakradi. Tajriba vaqtida asosiy parashyut havoda to‘liq ochilmay yirtilib ketdi va vaziyat fojia bilan tugashiga oz qoldi. Yaxshiyamki, sportchi xavfsizlik chorasi sifatida taqqan zaxira parashyuti uning hayotini saqlab qoldi.
Finlandiyalik ekstremal sportchi Kasper Kumpulaynen internet-do‘kondan xarid qilingan arzon parashyutni sinovdan o‘tkazdi. Tajriba esa kutilganidan ancha xavfli tus oldi.
Sportchi parashyut sifatini tekshirish uchun baland jarlikdan sakragan. Biroq asosiy parashyut havoda to‘liq ochilmay, yirtilib ketgan. Vaziyat bir necha soniya ichida fojia bilan tugashi mumkin edi.
Yaxshiyamki, Kumpulaynen xavfsizlik chorasi sifatida zaxira parashyutini ham taqqan edi. Aynan shu zaxira parashyuti uning hayotini saqlab qoldi.
Hodisadan so‘ng sportchi hazil aralash, bunday mahsulotni sotib olganlar ikkinchi marta fikr qoldira olmasa kerak, deya izoh bergan. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.































Izohlar 0
…