Parijda o‘smir “bojxona posti” ochdi: odamlar 2 yevro to‘lashga majbur bo‘ldi

Parijda o‘smir “bojxona posti” ochdi: odamlar 2 yevro to‘lashga majbur bo‘ldi

Parijda 14 yoshli o‘smir bilan bog‘liq g‘alati voqea jamoatchilik e’tiboriga tushdi. “Bojxonachi Hamza” laqabi bilan tanilgan o‘smir Sen-Marten kanali atrofida o‘ziga xos “bojxona posti” tashkil qilib, o‘tib ketayotgan fuqarolardan 2 yevro talab qilgani aytilmoqda.

To‘lamaganlar esa uning “jazosi”ga uchragan — o‘smir ularni suv pistoleti bilan ho‘llagan. Mahalliy OAVga ko‘ra, u odamlarni kanalga itarish, uyga bostirib kirish va o‘g‘rilik kabi holatlar bo‘yicha ham gumon qilinmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Hamza 27 iyundan beri bir necha bor qo‘lga olingan. Biroq u bundan afsuslanmaganini, aksincha, “qamoqxonada konditsioner bor edi”, deya kinoya qilgan.

Ushbu voqea Fransiyada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, tarbiya, xavfsizlik va migratsiya mavzularini yana kun tartibiga olib chiqdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar