Qirg‘iz qizlari eng ko‘p qaysi davlat yigitlariga turmushga chiqmoqda?

Qirg‘iz qizlari eng ko‘p qaysi davlat yigitlariga turmushga chiqmoqda?

Qirg‘izistonlik ayollarning xorijlik fuqarolar bilan nikohi bo‘yicha qiziqarli statistika e’lon qilindi. Deputat Dastan Bekeshev ma’lum qilgan raqamlarga ko‘ra, 2022 yildan 2026 yilning birinchi choragigacha yuzlab qirg‘izistonlik ayollar boshqa davlat fuqarolariga turmushga chiqqan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Rossiya fuqarolari egallagan. Ushbu davrda qirg‘izistonlik ayollar va rossiyalik erkaklar o‘rtasida 1 493 ta nikoh qayd etilgan.

Ikkinchi o‘rinda Turkiya turibdi — bu davlat fuqarolari bilan 610 ta nikoh rasmiylashtirilgan. Uchinchi o‘rinni esa O‘zbekiston egallagan: 425 nafar qirg‘izistonlik ayol O‘zbekiston fuqarolariga turmushga chiqqan.

Shuningdek, qirg‘izistonlik ayollar va Xitoy fuqarolari o‘rtasida 85 ta nikoh qayd etilgani ham ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar