Hindistonda dahshatli ko‘chki: tunnel qurilishi loy ostida qoldi

Hindistonda dahshatli ko‘chki: tunnel qurilishi loy ostida qoldi

Hindistonning Kerala shtatida kuchli yog‘ingarchilik ortidan yirik ko‘chki yuz berdi. Hodisa Meppadi qishlog‘i yaqinidagi tunnel qurilishi olib borilayotgan hududda sodir bo‘lgan.

Kuzatuv kameralariga tushgan kadrlarda tog‘ yonbag‘ridan ulkan loy va tosh massasi pastga yoprilgani ko‘rinadi. Bir necha soniya ichida qurilish maydoni loy ostida qolgan, yuk mashinalari va boshqa texnikalar ham ko‘chki oqimiga tushib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan. Yana 6 nafar ishchi tirik holda qutqarilgan. Biroq vayronalar ostida yana odamlar qolgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Mutaxassislar hodisaga kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar