Sharjadan uchgan yuk samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi

Sharjadan uchgan yuk samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi

Pokistonda K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-400 rusumidagi yuk samolyoti parvoz vaqtida radarlar ekranidan yo‘qolib qoldi. Hodisa yuzasidan keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan.

Ma’lum qilinishicha, samolyot Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridan Pokistonning Karachi shahriga yo‘l olgan. Biroq havo kemasi Karachi shahridan taxminan 250 kilometr g‘arbda, Arabiston dengizi ustida parvoz qilayotgan paytda dispetcherlar bilan aloqani yo‘qotgan.

Bortda besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda. Pokiston aeroportlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, radarlar samolyotning balandligi keskin pasaygani va u odatiy yo‘nalishdan chetga chiqqanini qayd etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi aloqa uzilishidan bir necha daqiqa oldin navigatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgani haqida dispetcherlarga xabar bergan.

Hozirda samolyotni topish maqsadida Arabiston dengizida keng ko‘lamli qidiruv ishlari olib borilmoqda. Operatsiyaga Pokiston harbiy-dengiz kuchlarining kemalari, radar kuzatuv samolyoti hamda «Lahor» nomli tijorat kemasi jalb qilingan. Samolyotning taqdiri va hodisa sabablari hozircha noma’lum.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar