Rossiyada ilk bor gumanoid robotlar nikohdan o‘tdi (video)

Rossiyada ilk bor gumanoid robotlar nikohdan o‘tdi (video)

Rossiya poytaxti Moskva shahrida 9 iyul kuni mamlakat tarixida ilk bor gumanoid robotlar uchun ramziy nikoh marosimi tashkil etildi. «RIA Novosti» agentligining xabar berishicha, Pushkin nomidagi kutubxonada avvalroq Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF-2026)da tanishtirilgan Robert va Matilda nomli gumanoid robotlar «turmush qurdi».

Marosimda ofis xodimi va bloger sifatida ishlab chiqilgan Robert hamda balerina obrazida yaratilgan Matilda o‘zaro nikoh ittifoqini tuzdi. Tantanani Mariya Pantyuxina olib bordi. U bu voqeani Rossiyadagi birinchi gumanoid robotlar to‘yi sifatida e’lon qildi hamda qasamyodlar va ramziy nikoh bilaguzuklari almashilganidan so‘ng ularni rasman «robot turmush o‘rtoqlari» deb e’lon qildi.

Kelin-kuyov libosidagi ikki robot va ularning o‘rtasida ayol kishi turibdi.

Marosimning yana bir qiziqarli jihati shundaki, yangi «kelin-kuyov» uchun nikoh bilaguzuklarini sahnaga Dogmatik nomli robot-it olib chiqdi. Bu holat tadbir ishtirokchilari va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Robotlarni ishlab chiqqan IT-Imperial kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Anna Bagdasaryanning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar gumanoid robototexnikaga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish va robotlarning inson hayotida qay tarzda foyda keltirishi mumkinligini namoyish etishga xizmat qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish odamlarga ko‘proq bo‘sh vaqt ajratish, madaniyat va shaxsiy hayotga e’tibor qaratish imkonini yaratadi. Bu maqsadlarga erishishda esa zamonaviy robototexnika muhim o‘rin tutadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar