Xitoyda o‘zini o‘likka soladigan qo‘zichoq internet yulduziga aylandi!

Xitoydagi qo‘zichoqning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Sababi u odamlar yaqinlashgan zahoti yerga yotib, harakatsiz qoladi.
Ko‘rgan odam avvaliga qo‘zichoq hushidan ketdi yoki kasal deb o‘ylashi mumkin. Ammo egasining aytishicha, bu uning xavfni sezganda qiladigan hiylasi.
Qo‘zichoq avval bozorga olib chiqilganida xaridorlar unga ishonmagan. Uni sog‘lom emas deb hisoblab, sotib olishdan bosh tortishgan.
Video ommalashgandan keyin esa unga qiziqish kuchaydi. Ayrimlar qo‘zichoq uchun 130 ming yuan, taxminan 18 ming dollar berishga tayyorligini bildirgan.
Egasi esa bunday takliflarga qaramay, uni sotmasligini aytgan. Endi bu qo‘zichoq ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini o‘likka soladigan "aktyor" sifatida tanilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…