AQShning Kirkeksvill shahrida (Ogayo shtati) noma’lum kimsa qariyalar uyida otishma sodir etishi oqibatida shahar polisiyasi bo‘limi boshlig‘i va muassasaning 2 xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Polisiya zobiti qariyalar uyidan qurollangan odam haqida xabar tushgandan keyin u erga yo‘l olgan. Keyinroq u radioaloqa orqali hamkasblari bilan bog‘lanib, gumonlanuvchini aniqlaganini aytgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda qariyalar uyida taxminan 23 kishi bo‘lgan.
Voqea joyiga etib kelgan boshqa polisiyachilar hamkasblarini jonsiz holda topishgan. Polisiyachilar yana 3 kishi – qariyalar uyining 2 xodimi va otishmani sodir etishda gumon qilingan noma’lum shaxsning jasadlarini topishgan. Bosqinchi shaxsi va uni jinoyatni sodir etishga undagan sabablar aniqlashtirilmoqda. Tergov olib borilmoqda.
Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan polisiyachi 36 yoshda bo‘lgan. Uning ortidan 6 farzandi va homilador rafiqasi qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi