14 marta turmushga chiqib, erkaklarni aldagan ayol qo‘lga olindi

14 marta turmushga chiqib, erkaklarni aldagan ayol qo‘lga olindi

AQSHning Las-Vegas shahrida bir necha yil davomida soxta nikohlar orqali erkaklarni aldab kelgan 33 yoshli Szyayin Chenning firibgarlik sxemasi fosh etildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol 2019–2024 yillar davomida kamida 14 marta turmushga chiqqan. U ijtimoiy tarmoqlar orqali erkaklar bilan tanishib, nikohdan ko‘p o‘tmay Xitoydagi og‘ir kasal qarindoshlarini davolatish bahonasida ulardan katta miqdorda pul olgan. Mablag‘ni qo‘lga kiritgach esa barcha aloqalarni uzib, bedarak yo‘qolgan.

Aniqlanishicha, Chen avval yetti marta turmush qurgan. 2024 yilda firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olinib, garov evaziga ozodlikka chiqqach, Viki Lyan nomidan yana yetti nafar erkak bilan nikohdan o‘tishga ulgurgan.

Jabrlanuvchilardan biri ayolga qarindoshini davolatish uchun 23 ming dollar berganini, oradan ikki hafta o‘tib esa u ajrashishni talab qilib, g‘oyib bo‘lganini aytgan. Yana bir erkak esa umumiy uy sotib olish bahonasida unga qariyb 30 ming dollar topshirgan.

Tergov davomida ayol olingan pullarning katta qismini qimor o‘yinlariga sarflagani aniqlangan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u kazinolarda 300 ming dollardan ortiq mablag‘ni yutqazgan.

Szyayin Chen firibgarlik yo‘li bilan 100 ming dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritganini tan olgan. Unga nisbatan hukm 20 avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar