Qo‘lidagi oziq-ovqatidan ayrilgan bola surati ortidagi voqea

1998 yilda Sudanda olingan bir surat ocharchilik fojiasini butun og‘irligi bilan ko‘rsatib bergan. Ushbu kadrni taniqli fotograf Tom Stoddart tasvirga olgan.
Suratda juda oz miqdordagi oziq-ovqat yordamini olish uchun uzoq vaqt navbatda turgan bola ko‘rinadi. U ochlikdan kuchsizlangan, tanasi juda ozib ketgan edi.
Fotografning aytishicha, bola qo‘lida makkajo‘xori solingan xalta bilan yerda emaklab harakatlanayotgan bo‘lgan. Shu payt uning yonidan bir kishi o‘tib, xaltani olib ketgan va tezda uzoqlashgan.
Stoddart kamerasida bolaning o‘sha lahzadagi nigohini muhrlagan. Bola o‘z ovqatini olib ketgan odamga qarab qolgan. Bu manzara o‘sha davrda Sudanda oddiy odamlar qanday sharoitda yashaganini ko‘rsatadi.
O‘sha payt Sudanda fuqarolar urushi davom etayotgan edi. Islomiy hukumat va Sudan Xalq ozodlik armiyasi o‘rtasidagi urush mamlakatni og‘ir ahvolga solgan.
Oqar-suvi va oziq-ovqati kamaygan hududlarga yordam yetkazish ham qiyinlashgan. Urush sabab gumanitar yordam yo‘llari to‘silib, ocharchilik yanada kuchaygan.
Taxminlarga ko‘ra, 1998 yilning birinchi yarmida Sudanda 100 mingdan ziyod odam vafot etgan.































Izohlar 0
…