Hindiston TIV Eron elchixonasi vakilini chaqirtirdi

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Eronning Nyu-Dehlidagi diplomatik missiyasi vakilini chaqirtirdi. Bunga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi savdo kemalariga qilingan hujumlar sabab bo‘lgan.
Vazirlik rasmiy vakili Randxir Jaysvalning ma’lum qilishicha, Eron elchixonasi rahbariyati vakiliga hujumlar bo‘yicha Hindistonning qat’iy noroziligi yetkazilgan.
Hindiston TIV "Mombasa" va "Bahia" kemalariga qilingan hujumlarni qoraladi. Ikkala kema bortida jami 30 nafar hindistonlik dengizchi bo‘lgani aytildi.
Hujumlar oqibatida hindistonlik dengizchilardan biri halok bo‘lgan. Vazirlik ushbu holatni jiddiy qabul qilayotganini bildirmoqda.
Hindiston tomoni o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash va dengiz yo‘llaridagi vaziyatni kuzatishni davom ettirmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…