Dekret puli va kasallik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgardi

Dekret puli va kasallik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgardi

Endilikda homiladorlik hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar arizasiz tayinlanadi. Yangi tartibga ko‘ra, fuqaro hujjat yig‘ib idorama-idora yurmaydi.

Shifokor kasallik varaqasini rasmiylashtirganidan so‘ng ma’lumot elektron tizim orqali yuboriladi. Shundan keyin to‘lovlar fuqaroga bepul ochiladigan "Baraka" kartasiga o‘tkazib beriladi.

Dekret nafaqasi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi. U xodimning ish haqiga qarab 75 foizdan 100 foizgacha miqdorda, 126–140 kun uchun hisoblanadi.

Ishlamaydigan ayollar uchun ham imkoniyat bor. Agar ular kamida 10 oy ixtiyoriy badal to‘lagan bo‘lsa, dekret nafaqasini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Kasallik nafaqasida birinchi 5 kun uchun ish beruvchi to‘lov qiladi. Keyingi kunlar uchun mablag‘ Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan ajratiladi. To‘lov o‘rtacha ish haqining 60–80 foizi miqdorida bo‘ladi va bir yilda 182 kundan oshmaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar