Kaliforniyada yong‘in paytidagi kabutarga qilingan yordam barchani ta’sirlantirdi

Kaliforniyada yong‘in paytidagi kabutarga qilingan yordam barchani ta’sirlantirdi

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Oklend shahrida o‘t o‘chiruvchilar tutundan holsizlangan mitti kabutarga yordam berishdi. Qushcha yong‘in vaqtida tarqalgan quyuq tutundan nafas olishda qiynalib qolgan.

Voqea joyidagi qutqaruvchilar kabutarga kislorod niqobi taqishgan. Bir muddatdan so‘ng qushcha nafasini rostlab, o‘zini yaxshi his qila boshlagan.

Keyin kabutar mustaqil uchib ketgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda ham e’tibor tortdi. Foydalanuvchilar o‘t o‘chiruvchilarning nafaqat odamlarga, balki jonivorlarga ham befarq bo‘lmaganini iliq qabul qilishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar