Albaniyada kelinning yuzi nega oq rangga bo‘yaladi?

Albaniyada kelinning yuzi nega oq rangga bo‘yaladi?

Albaniyaning Kichevo hududida asrlar davomida saqlanib kelayotgan o‘ziga xos to‘y an’anasi bugungi kunda ham ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Unga ko‘ra, nikoh marosimi oldidan kelinning yuzi to‘liq oq rangga bo‘yaladi. Shundan so‘ng yuziga nafis naqshlar chizilib, tangalar va turli milliy bezaklar bilan bezatiladi. Ushbu murakkab jarayonni yakunlash uchun odatda bir necha soat vaqt sarflanadi.

Mazkur urf-odatning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud. Ayrim manbalarda oq bo‘yoq va yuzdagi naqshlar kelinni yomon ko‘z hamda yovuz kuchlardan asrash ramzi ekani aytiladi. Biroq bu talqin tarixiy manbalar tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan.

Shunga qaramay, bu noyob marosim bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U nafaqat Kichevo mintaqasining o‘ziga xos madaniyati, balki Alban xalqining boy tarixiy merosi va milliy an’analarini aks ettiruvchi noyob qadriyatlardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar