Anqarada kuchli yomg‘ir oqibatida avtomobil chuqurga qulab tushdi

Turkiya poytaxti Anqarada yog‘gan kuchli yomg‘ir qisqa fursatda ko‘plab ko‘chalarni suv ostida qoldirdi. Kuchli yog‘ingarchilik tufayli ayrim yo‘llarda harakat izdan chiqib, haydovchilar uchun xavfli vaziyat yuzaga keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida suv bosgan ko‘cha o‘rtasidagi chuqurni payqamay qolgan avtomobil unga tushib ketib, yon tomonga ag‘darilib qolgani aks etgan. Mashinaning katta qismi loyqa suv ichida qolib ketgan.
Voqea guvohlari bir zumda yordamga oshiqib, ag‘darilgan avtomobil ichidagi yo‘lovchilarni tashqariga chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Kadrlarda bir necha fuqaro birgalikda harakat qilib, mashina ichidagilarni xavfsiz joyga olib chiqayotgani ko‘rinadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olganlar haqida xabar berilmagan. Biroq ushbu voqea kuchli yog‘ingarchilik paytida suv bosgan yo‘llarda harakatlanish qanchalik xavfli ekanini yana bir bor namoyon etdi.






























Izohlar 0
…