Suriyada yo‘lovchi avtobuslar to‘qnashdi: qurbonlar bor (video)

Suriyada dahshatli yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, yana 30 nafarga yaqin fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, fojea mamlakatning Dayr-az-Zor — Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ikki yo‘lovchi avtobusi noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zaro to‘qnashib ketgan. Zarbaning kuchi oqibatida transport vositalari jiddiy shikastlangan.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar, tez tibbiy yordam brigadalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetib kelgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib borilgan. Ayrim jabrlanuvchilarning ahvoli og‘ir ekani sababli qurbonlar soni ortishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.
Hozirda mutasaddilar halokatning aniq sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlarini olib bormoqda. Mazkur hodisa Suriyada so‘nggi vaqtlarda kuzatilgan eng yirik yo‘l-transport fojealaridan biri sifatida baholanmoqda.






























Izohlar 0
…