Angliyalik gimnastikachi chiqish vaqtida og‘ir jarohat oldi

Angliyalik gimnastikachi chiqish vaqtida og‘ir jarohat oldi

Glazgoda o‘tkazilayotgan Commonwealth o‘yinlari davomida Angliya terma jamoasi a’zosi, 19 yoshli gimnast Gabriel Langton bilan noxush hodisa yuz berdi.

Musobaqa vaqtida murakkab elementlardan birini bajarishga uringan sportchi muvaffaqiyatsiz qo‘nish oqibatida muvozanatini yo‘qotib, gilamga qattiq yiqildi. Voqeadan so‘ng musobaqa bir muddat to‘xtatildi va maydonga o‘nlab tibbiyot xodimlari hamda qutqaruvchilar kirib kelishdi.

Gabriel Langtonga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u maxsus zambilda shifoxonaga olib ketildi. Sportchining jarohati jiddiy ekani aytilayotgan bo‘lsa-da, u maydonni tark etayotganida qo‘l va oyoqlarini qimirlatgani muxlislar va jamoadoshlarini biroz xotirjam qildi.

Hozircha gimnastning aniq tashxisi va sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda minglab muxlislar unga tezroq sog‘ayib, sport maydonlariga qaytishini tilab xabarlar qoldirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar