Musulmon Yunusovning so‘zlari muhokama bo‘ldi: "Karyeram cho‘qqisida bo‘lsa ham oilani tanlayman"

Musulmon Yunusovning so‘zlari muhokama bo‘ldi: "Karyeram cho‘qqisida bo‘lsa ham oilani tanlayman"

Aktyor Musulmon Yunusov "Darakchi" nashriga bergan intervyusida oila va san’at o‘rtasida tanlov qilishga to‘g‘ri kelsa, hech ikkilanmasdan oilani tanlashini aytdi. Uning samimiy fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Aktyorning ta’kidlashicha, inson og‘ir kunlarni boshidan kechirayotganida uning yonida eng avvalo oilasi qoladi.

"Inson kasal bo‘lib qolganida, mana-man degan odamlar ham yonida bo‘lmaydi. Oilasidan boshqa hech kim qolmaydi. Agar mendan 'Oilani tanlaysizmi yoki san’atni?' deb so‘rashsa, hech ikkilanmay oilani tanlayman. Karyeram eng yuqori cho‘qqida bo‘lsa ham, san’atdagi o‘rnim juda mustahkam bo‘lsa ham oilamni tanlayman. Chunki san’atda sizning o‘rningizni bir kun kelib boshqasi egallaydi. Ammo oilada farzandlaringiz, yaqinlaringiz sizga suyanch bo‘ladi.", — dedi u.

Musulmon Yunusov fikrini onasi misolida ham izohlab, bugungi hayotda insonning asl qadri og‘ir damlarda bilinishi haqida gapirdi.

"Masalan, onam betoblar. Biz, farzandlar, qarayapmiz. Oldin atrofida juda ko‘p odamlar bor edi, dugonalari ham, tanishlari ham yonida edi. Hozir esa ularning deyarli hech biri yo‘q," — deya so‘zlarini davom ettirdi aktyor.

Intervyudan olingan ushbu parcha ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Musulmon Yunusovning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, inson uchun eng katta boylik va tayanch aynan oila ekanini ta’kidlab o‘tishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar