Musulmon Yunusov: "Yo‘qchilikda to‘yga boshlovchilik qilishga chiqqanman" (video)

Musulmon Yunusov: "Yo‘qchilikda to‘yga boshlovchilik qilishga chiqqanman" (video)

Mahoratli aktyor Musulmon Yunusov "Ikkalamiz" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida u hayotidagi qiyin davrlar haqida samimiy fikr bildirib, ilgari hech qachon qilmagan ishni qilishga majbur bo‘lganini aytdi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, moddiy qiyinchiliklar sabab u bir paytlar to‘ylarda boshlovchilik qilishga ham chiqqan.

"Yo‘qchilik yigit zo‘rini yiqitadi. Shunday paytlar bo‘lganki, to‘yga boshlovchilik qilishga chiqib ketganman. Bu umrimda qilmagan ishim edi," — dedi Musulmon Yunusov.

Aktyorning ushbu e’tirofidan so‘ng ko‘rsatuv boshlovchilari hazil aralash:

"Demak, yiqilgan variantda to‘yga chiqilar ekan-da," — deya kulib izoh berishdi.

Musulmon Yunusovning samimiy e’tirofi ijtimoiy tarmoqlarda ham e’tibordan chetda qolmadi. Ko‘plab kuzatuvchilar uning qiyinchiliklarni yashirmay ochiq gapirgani va mehnatdan qochmaganini e’tirof etib, iliq fikrlar qoldirishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar