Toshkent shahrida 5 oylik chaqalog‘ini urib o‘ldirgan 29 yoshli erkak 16 yilga qamaldi

Toshkent shahrida 5 oylik chaqalog‘ini urib o‘ldirgan 29 yoshli erkak 16 yilga qamaldi

Toshkent shahrida birga yashagan ayolining 5 oylik chaqalog‘ini urib o‘ldirgan 29 yoshli erkak 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, erkak uyga mast holda kelib, uxlab qolgan. U chaqaloqning yig‘isidan uyg‘onganida ayol uyda bo‘lmagan. Telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob bo‘lmagach, u ayolni boshqa erkak bilan uchrashishga ketgan deb gumon qilgan va rashk hamda g‘azabga berilgan.

Shundan keyin u tinmay yig‘layotgan chaqaloqni bir necha marta urgan, bo‘yni va yelkasidan ushlab qattiq silkitgan. Keyin bolani aravachasiga yotqizib, yana do‘konga chiqib ketgan.

Ayol uyga qaytgach, chaqaloqning ahvoli og‘irligini ko‘rib tez yordam chaqirgan. Ammo shifoxonada shifokorlar bola vafot etganini ma’lum qilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chaqaloq bosh miya jarohati va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan. Sud erkakni ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishda aybdor deb topib, 16 yillik qamoq jazosini tayinladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar