Shahlo Salayeva turmush o‘rtog‘idan to‘yida mahrga nima so‘raganini ochiq aytdi

Shahlo Salayeva turmush o‘rtog‘i, turkiyalik xonanda Veysel Dulgerdan mahr sifatida nima so‘raganini ochiqladi. Juftlikning Turkiyada o‘tgan to‘yidan keyin muxlislar orasida aynan shu savol ko‘p muhokama qilinayotgan edi.
Xonandaning bildirishicha, u mahrga brilliant so‘ragan. Biroq qimmatbaho sovg‘a hali unga berilmagan. Shahlo Salayeva Veysel Dulger brilliantni Xorazmdagi to‘y marosimidan keyin olib berishini aytganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqda juftlik Turkiyada yashaydimi yoki O‘zbekistonda qoladimi, degan savol ham berildi. Shahlo hozircha ular O‘zbekistonda yashashini tushuntirdi. Sababi, har ikkisining ham asosiy ishlari shu yerda ekan.
Demak, juftlik yaqin vaqt ichida Turkiyaga doimiy ko‘chib ketishni rejalashtirmayapti. Ular avval Xorazmdagi to‘y marosimini o‘tkazishni kutmoqda.































Izohlar 0
…