Haydovchining sabrini sinagan buqalamun barchaning kayfiyatini ko‘tardi (video)

Qahramonmarash shahrida yo‘l o‘rtasida paydo bo‘lgan buqalamun haydovchining e’tiborini tortdi. Avtomobil boshqarib ketayotgan kishi jonivorni payqab, uni bosib ketmaslik uchun darhol to‘xtadi.
Haydovchi buqalamunning yo‘ldan tezda o‘tib ketishini kutgan edi. Ammo jonivor har bir qadamida oldinga va orqaga tebranib, juda sekin harakatlandi. Uning bu odati vaziyatni hazilomuz ko‘rinishga olib keldi.
Haydovchi esa buqalamunni shoshirmasdan, yo‘lni to‘liq kesib o‘tishini kutib turdi. Uning kutilmagan reaksiyasi va jonivorning sekin yurishi videoga tushirildi.
Lavha tarmoqlarda tarqalgach, minglab odamlar tomosha qildi. Izohlarda ko‘pchilik buqalamunning harakatini kulgili deb baholadi. Boshqalar esa haydovchining jonivorga ehtiyotkor munosabatda bo‘lganini iliq qarshi oldi.































Izohlar 0
…