BMT: Markaziy Osiyoda 26 million aholi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

BMT: Markaziy Osiyoda 26 million aholi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik ko‘lami kengayib, 26 milliondan ziyod aholi uning oqibatlarini his qilmoqda. BMT keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqada 152 million gektardan ortiq yer qurg‘oqchilik ta’siriga tushgan. Yerlarning kamida beshdan bir qismi degradatsiyaga uchragan.

Muammo faqat tabiat bilan cheklanib qolmayapti. Suv tanqisligi ekinlar hosildorligini kamaytirmoqda, chorvachilik xarajatlarini oshirib, qishloq aholisining daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yerning unumdorligi pasayishi oziq-ovqat yetishtirish imkoniyatlarini ham cheklashi mumkin.

Sug‘orish tizimlarini takomillashtirish, zararlangan yerlarni tiklash va iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari Samarqanddagi Global ekologik jamg‘arma assambleyasida muhokama qilindi. Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlariga mo‘ljallangan yangi ekologik loyihalar taqdim etildi.

BMT O‘zbekistondagi "Yashil makon" dasturiga ham e’tibor qaratdi. Ushbu tashabbus daraxt ekish, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhit holatini yaxshilashni ko‘zda tutadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar