Eronda maktab zarbasi qurboni bo‘lgan bolalar dafn etildi

Eronning Minab shahrida AQSH va Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan bolalar so‘nggi manzilga kuzatildi. Fojiadan qariyb besh oy o‘tib, DNK ekspertizasi yordamida shaxsi aniqlangan 34 nafar bolaning jasadi dafn qilindi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar bolalarga tegishli 68 ta tana bo‘lagini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, 7 yoshli Makan Nosiriyning jasadi hanuz topilmagan. Aytilishicha, raketa uning turgan joyiga bevosita kelib tushgani sababli bolaning qoldiqlarini topishning imkoni bo‘lmagan.
Shu bois Makan Nosiriy uchun ramziy bo‘sh qabr tayyorlangan. Uning qonga belangan sviteri va bitta krossovkasi esa mahalliy masjidda fojia qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik sifatida saqlanmoqda.
Eron rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 28 fevral kuni Minab shahridagi qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 168 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning asosiy qismini 7–12 yoshli o‘quvchi qizlar hamda bir necha nafar o‘qituvchi tashkil etgan. Hodisa mamlakat tarixidagi bolalar ishtirokidagi eng og‘ir fojialardan biri sifatida tilga olinmoqda.






























Izohlar 0
…