Xitoyda issiqdan qochgan odamlar metroda yotib dam olyapti

Xitoyning ayrim hududlarida havo harorati rekord darajaga yetib, aholi jaziramadan qutulish uchun turli yo‘llarni izlamoqda. Ayniqsa, konditsioner bilan jihozlangan metro bekatlari va vagonlari odamlar uchun vaqtinchalik salqin maskanga aylangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ayrim fuqarolar metro bekatlarida yotib dam olayotgani, boshqalari esa oilasi bilan birga o‘tirib karta o‘ynab yoki suhbat qurib vaqt o‘tkazayotgani aks etgan. Ko‘chadagi jazirama sabab ko‘pchilik imkon qadar salqin joylarda qolishga harakat qilmoqda.
Konditsionerlar ishlayotgan metro bekatlari nafaqat transport vositasi, balki issiqdan panoh topish mumkin bo‘lgan maskanga aylangani internet foydalanuvchilari orasida ham keng muhokama qilinmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…