Moskva shahrining Xamovniki tuman sudi bankning mashhur xonanda Filipp Kirokorovga nisbatan yozgan da’vo arizasini qisman qondirdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Sud Rossiya estradasi qirolidan davlat boji bilan birga 499 ming rubl undirish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Da’vogar bergan ma’lumotga ko‘ra, xonanda “Serix” nomli bankdan 2015 yilda 26% foiz to‘lash sharti bilan 22,8 million rubl kredit olgan. Avvaliga Filipp Kirkorov o‘z vaqtida qarzlarini to‘lab borgan, 2016 yilda bankning lisenziyasi olib qo‘yilgandan keyin to‘lovni to‘xtatgan. Shundan keyin bank da’vo arizasi bilan sudga murojaat etdi.
Estrada qirolining matbuot kotibi Anton Korobkov-Zemlyanskiy haqiqatan ham “Filipp Kirkorov Prodakshin” kompaniyasi “Serix” bankidan kredit olganligini tasdiqladi. Ammo uning lisenziyasi olib qo‘yilgandan keyin kreditni kimga to‘lashni bilmaganliklarini ma’lum qildi. Mazkur qarordan keyin xonanda qarzni batamom yopdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?